Men haqimda
Men — Zafar Usarov, Vatandoshlar.de loyihasining asoschisi va dasturchisiman. Production darajasidagi veb-ilovalarni toza arxitektura, qat’iy TypeScript va uzoq muddatli rivojlanishga mos yondashuv asosida yarataman.
Hozirda Landesverband Bibliotheken SH e.V. tashkilotida Software Engineer sifatida faoliyat yuritaman. Shu bilan birga Wirtschaftsinformatik yo‘nalishida magistratura bosqichida tahsil olyapman. Amaliy dasturiy ta’minot ishlab chiqish tajribasi bilan biznes va axborot texnologiyalarini birlashtiruvchi akademik bilimlarni parallel rivojlantirib boraman.
Vatandoshlar.de men uchun oddiy sayt emas. Uning maqsadi Germaniyadagi o‘zbekistonliklarga kerakli ma’lumot va ishonchli mutaxassislarni tezroq topishga yordam beradigan mustaqil, zamonaviy va mas’uliyatli platforma qurishdir.