Hujjatlar
Nemis tiliga rasmiy tarjima
Germaniyada hujjat tarjimasi: qasam ichgan yoki vakolatli tarjimon, O‘zbekistonda qilingan tarjimaning qabul qilinishi, apostil bilan tarjima tartibi, tarjimon bazasi va idora talablarini tekshirish.
Mundarija↓
Germaniyada rasmiy jarayon uchun oddiy tarjima yetarli bo‘lmasligi mumkin. Ko‘plab idoralar hujjatni Germaniyada qasam ichgan yoki vakolatli tarjimon tayyorlagan va imzo-muhr bilan tasdiqlagan tarjima shaklida talab qiladi. Aniq talabni hujjatni qabul qiluvchi idora belgilaydi.
Asosiy ma’lumotlar
- Tarjimon
- Ko‘pincha qasam ichgan yoki vakolatli tarjimon
- Idora talabi
- Qabul qiluvchi idora qaysi tarjimani tan olishini belgilaydi
- Rasmiy baza
- justiz-dolmetscher.de
- Muhim tartib
- Ko‘pincha apostildan keyin tarjima
Rasmiy tarjima nima?
Vakolatli tarjimon tarjimaning taqdim etilgan hujjatga to‘liq va to‘g‘ri mosligini o‘z imzosi, muhri va tasdiq yozuvi bilan tasdiqlaydi.
Germaniyada tarjimonlarni tayinlash va qasam ichirish qoidalari Bundeslandlar bo‘yicha farq qiladi. Rasmiy tarjimonlar federal adliya bazasida qidiriladi.
Qaysi jarayonlarda kerak bo‘lishi mumkin?
- Ausländerbehörde va viza jarayonlari
- Standesamt va oila huquqi
- Universitet va Ausbildung
- Diplom yoki kasb tan olish
- Sud, notarius yoki boshqa davlat idorasi